Kontent qismiga oʻtish

Saariselkä

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saariselkä

Saariselka togʻi
Joylashuvi Laplandiya, (Finlandiya)
Joylashuv

Saariselkä (Inari Sam tili: Suolluščielgi, Shimoliy Sam tilida: Suoločielgi, soʻzma-soʻz tarjima islandback — orolning orqasi) Finlandiya shimolidagi Laplandiyadagi tutashib ketgan hudud. U Inari, Savukoski va Sodankilya munitsipalitetlarida joylashgan. Eng baland nuqtasi 718 metr (2,356 ft) balandlikka ega boʻlgan Sokusti togʻidir[1]. Tog jinslari asosan 2 milliard yillik granulitdan tashkil topgan. Soʻnggi muzlik davri 9500 yil oldin Saariselka hududida nihoyasiga yetgan.

Saariselkä togʻining bir qismi Urho Kekkonen milliy bogʻida joylashgan. Tepalik hududi mashhur sayyohlik maskani boʻlib, u changʻi uchish, piyoda sayr qilish va dam olish spa salonlari kabi faoliyatni oʻz ichiga oladi. Saariselkä qishlogʻi ushbu hududda joylashgan va Inari munitsipalitetiga tegishli, qishloq dengiz sathidan taxminan 300 metr (980 ft) yuqorilikda joylashgan. Qishloq yonida koʻtarilgan Kaunispää choʻqqisining balandligi 438 metr (1,437 ft) ga yetadi[2]. Koʻp juftliklar qishda hamma joyda qor boʻlgan Laplandiyada „oq toʻy“ qilishni xohlashadi. Er-xotin cherkovga haski itlari yoki bugʻulari tortadigan chanada kelishlari mumkin. Saariselkä shahridagi Kakslauttanen mehmonxona va iglular qishlogʻi yaqinidagi Pyhän Olavin Kappeli (Avliyo Olaf ibodatxonasi) va kichik yogʻoch Tievakappeli (Tieva ibodatxonasi) oq toʻylarni oʻtkazishi bilan mashhur boʻlgan. Qishloqchadagi boshqa mashxur joylarga bugʻu fermalari kiradi.

Magnit tepalik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saariselkä shahridagi sobiq Finlandiya avtomagistrali 4 qismi bugungi kunda Magnit tepalik sifatida tanilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Rovaniemidan Petsamogacha boʻlgan yoʻl (Shimoliy Muz okeani shossesi) finlar uchun juda muhim yoʻllardan biri edi. Petsamo va uning porti okeanga chiqish mumkin boʻlgan yagona ochiq yoʻl edi. Kaunispää-fjeld yonidagi tepaliklar shunchalik tikkiki, 1940-yillarda ishlab chiqarilgan yuk mashinalari ularga osonlikcha chiqa olmasdi. Odamlar tepada qandaydir magnit kuch bor, deb oʻylashar edi, bu dvigatellarning barcha quvvatini siqib chiqaradi degan taxminlar ham boʻlgan. 4-magistral qayta tartibga solingandan soʻng, bu qisqa yoʻl kundalik foydalanishdan chiqarildi. U „Magnit tepalik yoʻllari muzeyi“ deb eʼlon qilindi.

  翻译: