Kontent qismiga oʻtish

Banan oroli (Qatar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anantara tomonidan bunyod etilgan Banana Island Resort Dohadagi suv ustidagi villalar

Banan oroli[1] (arabcha: جزيرة الموز) Qatardagi kichik orol[2]. Uning hududi yarim oy shaklida boʻlib, poytaxt Doha qirgʻogʻida joylashgan. Bu Fors koʻrfazidagi tabiiy orol hisoblanadi. U yerda Anantara tomonidan Banana Island Resort Doha bunyod etilgan[3].

Orol 13 gektar (0.13 km2; 32 akr) maydonni oʻz ichiga oladi hamda oʻzining marina va riflariga ega. Butun tuzilma 2015-yilga kelib qurib bitkazildi[4]. Orolda palma daraxtlari va xil oʻsimliklardan iborat bogʻlar hamda sayyohlar uchun hashamatli inshootlar barpo etilgan[1].

  1. 1,0 1,1 Sideridis. „Qatar builds luxury paradise off Doha coast“ (en). CNN Travel (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.Sideridis, Dimitris (2019-01-28). „Qatar builds luxury paradise off Doha coast“. CNN Travel. Retrieved 2019-11-09.
  2. Group, Oxford Business. The Report: Qatar 2015 (en). Oxford Business Group, 2015-04-22. ISBN 9781910068274. 
  3. „Banana Island Resort Doha by Anantara-Guest Fee, Parking“ (en-GB). Marhaba l Qatar's Premier Information Guide (2018-yil 16-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  4. Group, Oxford Business. The Report: Qatar 2014 (en). Oxford Business Group, 2014-04-15. ISBN 9781910068007. 
  翻译: