Kontent qismiga oʻtish

Filadelfiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Filadelfiya — Pennsilvaniya shtatidagi eng katta shahar. Aholi soni boʻyicha AQShdagi beshinchi eng katta shahardir. Aholisi 1,5 mln. kishi (2002). Dengiz porti. Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. AQSHning eng muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazlaridan. Sanoati koʻp tarmoqli. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlikning turli sohalari: sanoat jihozlari ishlab chiqarish, aviatsiya, raketa-kosmik, harbiy, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari, nazoratoʻlchov priborlari, temir yoʻl vagonlari va lokomotivlar ishlab chiqarish Shuningdek, kimyo (jumladan, kimyofarmatsevtika, lokboʻyoq, neft kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Sellyulozaqogʻoz, oynashisha, toʻqimachilik, mebel sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Teatrlar, muzeylar, nafis sanʼat akademiyasi bor. Shaharga 1682 yilda asos solingan. F.da 1776-yilda AQSH mustaqilligi eʼlon qilingan. 1790—1800-yillarda mamlakat poytaxti. Turizm rivojlangan. Harbiydengiz bazasi.



  翻译: