Kontent qismiga oʻtish

Iyegova shohidlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iyegova shohidlari — Charlz Teyz Rassel tomonidan asos solingan. 1870-yilda Ch. Rassel AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Pitsburg shahrida mustaqil Bibliyani o‘rganish kurslarini ochdi. 1881-yilda uning zamirida „Sion qo‘riqchi minorasi va traktatlar uyushmasi“ maxsus missionerlik adabiyotlarini chop etish uchun „Qo‘riqchi minora jamiyati“ tuzildi. 193-yilga kelib tashkilot „Iyegova Shohidlari“ nomini oladi.
Rassel vafotidan keyin tashkilotga rahbarlik qilgan Iosif (Djozef) Franklin Ruzerford davrida taʼlimotni yanada keng tarqatishga alohida eʼtibor berildi. Tashkilot aʼzolari keskin darajada oshdi. Aynan Ruzerford Iyegovachilikka „armageddon“ tushunchasini kiritdi va 1925-yili Xudoning podshohligi boshlanishini bashorat qildi.
Ruzerford har yili Iyegovachilarning xalqaro konferensiyalarini o‘tkazishni, 50 ga yaqin kitob muallifi sifatida targ‘ibot ishlarida radio va grammoplastinkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.
Ruzerforddan so‘ng 1943-yildan tashkilotga Natan Gomer Norr (1905-1977) rahbarlik qila boshladi. O‘sha yiliyoq Norr missionerlik faoliyatini yanada faollashtirish uchun „Qo‘riqchi minoraning Bibliya maktabi-Galaad“ — 5 oyliko ‘qitishga asoslangan, Iyegovachilikni butun dunyo bo‘ylab tarqatish uchun xizmat qiladigan, missionerlarni tayyorlaydigan markazni ochadi.
„Iyegova Shohidlari“ uchlik haqidagi aqidani rad etishadi, lekin boshqa oqimlar kabi uning barcha ko‘rinishlarini izohlashadi. Barcha narsaning asosi va yaratuvchisi deb Iyegovani tan olishadi. Iyegova shohidlari Xudoning o‘z shaxsiy ismi bor, bu ism „Iyegova“dir deb, bu haqda o‘z tarqatma adabiyotlarida jumladan shunday deydilar: "Xudoning shaxsiy ismi bor va Iyegova Shohidlaridan kimda-kim unga topinsa, bu ismdan foydalanishlari kerakligiga aminlar. Har narsaga qodir Xudo Musoga o‘z ismini „Iyehovo“, deb eʼlon qildi. Oʻtmishda Ibrohim, Muso va boshqa sadoqatli erkaklar Xudoning ismidan foydalanganlar. Aslida esa, muqaddas kitobda Iyehova degan ism bir necha ming marotaba uchraydi".
Ushbu tashkilot Iso Xudoning o‘g‘li bo‘lganiga ishonsada, uning Xudo bo‘lganini inkor qiladilar. Iso Iyegova tomonidan yaratilgan yagona insondir, qolgan barcha insonlar Masih orqali yaratilgan. Muqaddas Ruh — Xudoning ko‘rinmas kuchibo‘lib, u dunyo yaratilishida qatnashgan.
Iyegova butun insoniyat tarixida 144 ming kishini tanlab olgan, ular o‘lgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘gri tiriladi va osmon podshohligiga o‘tib ketishadi. Hozirgi kunda oʻsha tanlangan 144 ming kishi, yaʼni „kichikpoda“dan (imoni mustahkam va din yo‘lida ko‘p xizmat qilgan) 9 minggi tirik deb eʼtiqod qilinadi. Qolgan imonlilar, yaʼni Iyegova shohidlariga qo‘shilgan „qo‘ylar“ga (oddiy dindorlar) yer yuzida abadiy jannatda yashashlari vaʼda beriladi.
Iyegova shohidlari faqatgina bitta bayramni nishonlaydilar, bu Iso Masih o‘limini eslash kechalari bilan bogʻliq bayramidir. Bu kunijamoa aʼzolari qarindosh va tanishlarini uylariga taklif qilishadi. Dasturxonda Isoning tana va qonining ifodasi deb bilinadigan xamirturishsiz non va qizil, quruq vino bo‘lishi shart.
Iyegova Shohidlari missionerlikka katta eʼtibor beradilar. Jamoa paydo bo‘lgan davrdan boshlab asosan uyma-uy yurish va adabiyotlar tarqatish bilan o‘z izdoshlarini ko‘paytirishga harakat qiladilar. Hozirgi kunga kelib Iyegovachi missionerlarning soni 700 mingdan ortiq deb hisoblanadi. Missionerlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr etish uchun „Qo‘riqchi minora, Bibliya va risolalar jamiyati“ tuzilgan. Ushbu jamiyat korporasiya deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot asosiy binosi bilan bir joyda, AQSHning Bruklin shahrida joylashgan. Korporasiyani yetti direktordan iborat boshqaruv kengashi boshqaradi va ular korporasiya prezidentini saylashadi.
Hozirgi kunda Iyegova shohidlari 230dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va dunyo bo‘ylab 111 bo‘limga ega. Tashkilotning „Qo‘riqchi minora“ jurnali oyiga ikki marta 125 tilda, 22 milliondan ortiq nusxada „Uyg‘oninglar!“ jurnali oyiga bir marta 81 tilda, 20 million adadda nashr etildi. Ushbu nashrlar asosan missionerlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2006-yildan „Qo‘riqchiminora“si jurnali o‘zbek tilida ham chop etila boshlandi. Iyegovachilar ushbu jurnal nashrlarini yurtimiz hududiga olib kirish yo‘lida doimiy harakatlar olib bormoqda. Missionerlik faoliyatini Iyegovachilar
-ularlarning zarracha bo‘lsa ham qiziqish bildirgan odamlarni qidirish;
-so‘ng ularni taʼlimotni qabul qilishga tayyorlash;
-daʼvat qilinayotgan odamning ongiga Bibliya kurslari va uning matnini o‘rganish orqali diniy taʼlimotlarini singdirish;
-prozelitlarni suv bilan cho‘qintirish;
-ularni missionerlik faoliyatiga tayyorlash kabi to‘rt bosqichda amalga oshiradilar.
Iyegovachilikning o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki, unda har bir aʼzo missionerlik faoliyatida qatnashishishart. Ana shunday maqsadli faoliyat natijasida Iyegova shohidlari soni yildan yilga ortib bormoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda Iyegovachilar soni dunyo bo‘yicha 6,7 millionni tashkil etadi. Iyegova shohidlarining bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish, cherkovlar faoliyatini taʼminlashga ketadigan sarf-xarajatlardan tashqari missionerlarning kundalik xarajatlariga yiliga 100 million AQSH dollariga yaqin mablag‘ sarflanadi.
Oʻzbekistonda birinchi Iyegovachilar 1950-yillarning oxiri, 1960-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan 1972-yilda Angren va Chirchiq shaharlarida ularning ilk jamoalari paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda respublika boʻyicha faqat bitta „Iyegova shohidlari“ cherkovi — Chirchiq shahrida rasmiy faoliyat olib bormoqda. Ushbu tashkilotning mintaqaviy markazi Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota Yesik shahrida joylashgan bo‘lib, 72 rasmiy tashkiloti va 34 mahalliy jamoalarga mansub 20 ming kishini birlashtiradi[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 213.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1. 
  翻译: