Kontent qismiga oʻtish

Katta adron kollayderi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Katta Adron Kollayderidagi tajribalar tarxi (sxemasi).

Katta adron kollayderi yoki Katta adron toʻqnashtiruvchisi (ing. "Large Hadron Collider", LHC) - zaryadlangan zarralarni tezlatuvchi majmua. Fransiya va Shveysariya chegarasida, yer sathidan 175 m pastda joylashgan. Aylana shaklida qurilgan tunneli uzunligi 27 km. Dunyodagi eng katta va quvvatli zarracha tezlatkichidir.

Kollayderni qurishdan asosiy maqsad Higgs bozoni mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashdir. Asosiy tajriba bunday oʻtkaziladi: har birining energiyasi 7 TeV boʻlgan protonlar yoki 574 TeV boʻlgan qoʻrgʻoshin yadrolari yorugʻlik tezligining 99.9999991%ida qarama-qarshi tomondan uchirilib, toʻqnashtiriladi. Toʻqnashuv natijasida ajralib chiqqan zarrachalar qayd etiladi va ular orasidan Higgs bozoni xususiyatlariga ega boʻlgani qidiriladi. Higgs bozoni mavjudligi hozirgi Standart Model nazariyasini toʻliq tasdiqlashi kerak (Standart Model gipoteza emas, zero boshqa tajribalar uning katta qismi toʻgʻriligini isbotlagan). Aks holda massaning qayerdan paydo boʻlishi haqida yangi faraz qurib, Standart Modelga oʻzgartirish kiritishga toʻgʻri keladi.

Umumiy qiymati taxminan 3,2-6,4 milliard[1] boʻlgan bu loyihada 100 dan ortiq mamlakat olimlari, jumladan Oʻzbekiston fiziklari ham qatnashishadi.[2]

  1. „The God Particle“. 2008-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-fevral.
  2. The Large Hadron Collider (LHC), 2008-08-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-02-17


  翻译: