Kontent qismiga oʻtish

Markaziy Amerika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy Amerika

Markaziy Amerika - Shim. Amerikaning jan. qismi. Meksika togʻligining jan. etagidagi Balsas botigʻidan Daryen boʻynigacha davom etgan (baʼzan Markaziy Amerikaning chegarasini Teuantepek va Panama boʻyinlari orqali oʻtkazadilar). Uzunligi 2400 km. Eni Panama boʻynida 48 km. Yukatan yarim oralda 960 km. Gʻarbdan Tinch okean, shim. va sharkdan Meksika qoʻltigʻi va Karib dengizi bilan oʻralgan. Markaziy Amerika hududida Meksikaningjan.-sharqiy qismi, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kostarika, Panama, Beliz davlatlari joylashgan. Umumiy maydoni 770 ming km². Aholisi taxminan 45 mln. kishi (2001).

Tinch okean sohili kambar pastgekislik boʻlib, qirgʻoq chizigʻi shim.da toʻgʻri, jan.da qoʻltiklar bilan parchalangan, yarim orol va orollar bor. Meksika qoʻltigʻi sohilining aksari qismi tekis. Karib dengizi tomonida Gonduras qoʻltigʻi bor. Qirgʻoq boʻylab mayda orollar joylashgan, ularning koʻplari marjon orollardir.

Markaziy Amerikaning katta qismini Kordilyera togʻlari sistemasiga kiruvchi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar egallagan. Shimoliy qismida Tavasko, Yukatan, Moskitiya kabi yirik pasttekisliklar bor. Tavasko bilan Moskitiya akkumulyativ tekisliklar, Yukatan esa neogen ohaktoshlaridan tuzilgan platformadir. Kordilyera togʻlari geosinklinal mintaqasi murakkab taraqqiyot jarayonini oʻtgan, ichki tuzilishi va relyefi xilma-xil. Kaynozoyda yer yuzasi ancha koʻtarilib, yoriqlar hosil boʻlgan, vulkanlar otilib turgan. Hozir ham tez-tez zilzilalar boʻlib turadi.

Markaziy Amerikada Kordilyera togʻlari uchta yoysimon tizmadan iborat. Shulardan eng yoshi Vulkanli yoki Tinch okean boʻyi togʻlari boʻlib, Meksika chegarasidagi Takana (balandligi 4117 m) va Taxumulko (4217 m — Markaziy Amerikaning eng baland nuqtasi) vulkanlaridan boshlangan va Tinch okean sohili boʻylab, Nikaragua botigʻi orqali Panamaning gʻarbiy qismigacha davom etgan. Bu tizmada oʻnlab soʻnmagan vulkanlar bor. Qad. togʻ jinslari orasidan oltin va kumush, qoʻrgʻoshin, surma, neft, oltingugurt va boshqa foydali qazilma konlari topilgan.

Markaziy Amerika shim. tropik (Nikaragua botigʻigacha) va shim. subekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan (7—22° shahri k. lar). Yil davomida oʻrtacha oylik temperatura farqi kam. Eng salqin oyining oʻrtacha temperaturasi 21—26°, eng issiq oyiniki 27—28°. Yillik yogʻin togʻlarning Atlantika okeaniga qaragan yon bagʻrida 7000 mm gacha, sohilda 1500–4000 mm, Tinch okeanga qaragan yon bagʻirlarida 1000–1700 mm, ichki soyliklarda va Yukatan yarim oralning shim.-gʻarbida 500 mm dan kam.

Daryolari qisqa, tezoqar va gidroenergiyaga boy. Atlantika okeaniga oquvchi daryolar yil boʻyi sersuv, Tinch okeanga okuvchi daryolar esa fakat yezda toʻlib oqadi. Tektonik soyliklarda kul koʻp; shulardan eng yiriklari: Nikaragua va Managua.

Markaziy Amerikaning tuproq va oʻsimlik mintaqalari iqlim mintaqalariga muvofiq joylashgan. Shim.-sharqiy qismidagi pasttekisliklarda va togʻ yon bagʻirlarining 800 m balandlikkacha boʻlgan qismidagi podzollashgan laterit tuproklarda palma, rangli yogʻoch olinadigan daraxtlar, liana va epifitli tropik oʻrmonlar bor. Bu yerdagi plantatsiyalarda tropik ekinlar (banan va boshqalar) yetishtiriladi. 1700 m gacha, asosan, daraxtsimon paporotniklar, 3200 m gacha dub, magnoliya va igna bargli daraxtlar usadi. Undan yuqorisi alp oʻtloklari. Togʻlarning Tinch okeanga qaragan yon bagirlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Yassitogʻliklar esa yaylov va ekinzor. Yuqoriroqda, kizil tuprokli yerlarda dub yoki igna bargli daraxtlar oʻsadi. Quyi mintaqalarda tamaki, paxta ekiladi. 600– 900 m balandliklar orasida kofe oʻstiriladi. Nikaragua soyligidan shim.da koʻproq Shimoliy Amerikaga xos oʻsimliklar, undan jan.da Janubiy Amerikaga xos oʻsimliklar oʻsadi.

Hayvonot dunyosi jihatidan Markaziy Amerika Neotropik oblastining Markaziy Amerika kichik oblastiga kiritilgan. Janubiy Amerikaga xos hayvonlardan keng burunli maymunlar, yaguar, zirxlilar, iguan kaltakesak va boshqa yashaydi. Shimoliy Amerika hayvonlaridan silovsin, yenot, har xil kemiruvchilar, qushlar uchraydi. Tapir, kemiruvchilar, koʻrshapalak va qushlarning baʼzi turlari endemikdir.

  • Ryabchikov A. M., Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M., 1988.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  翻译: