Kontent qismiga oʻtish

Nadar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nadar
Tavalludi
Gaspard-Félix Tournachon

5-aprel 1820-yil
Parij, Fransiya
Vafoti 20-mart 1910-yil(1910-03-20)
(89 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi
Otasi Victor Tournachon
Imzosi

Nadar taxallusi bilan tanilgan Gaspard-Félix Tournachon 1820-yil 5-aprel[1] da Fransiyada tugʻilgan. Nadarni fotografi, karikaturachi, jurnalist, yozuvchi va havo sharining muallifi sifatida bilishadi. 1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf hisoblanadi.

Nadarning fotoportretlari koʻplab milliy fotosuratlar toʻplamlarida saqlanadi. Uning oʻgʻli Pol Nadar (1856—1939) otasining vafotidan keyin studiyasini davom ettirgan.

Gaspard-Félix Tournachon (Nadar)[2] 1820-yil aprel oyi boshida Parijda matbaachi va kitob sotuvchisi oilasida[3] tugʻilgan. Nadar tibbiyotni oʻrganishni boshlaydi, lekin otasining vafotidan keyin iqtisodiy inqirozlarga uchraganligi sababli oʻqishni tashlaydi.[4][3]

Nadar turli gazetalarda karikaturachi va yozuvchi sifatida ishlay boshlaydi. U Jerar de Nerval, Charlz Bodler va Teodor de Banvilning Parijdagi bohem guruhiga qoʻshiladi va she guruhda uning doʻstlari unga taxallus sifatida Nadarni tanlaydilar.[4] Uning asarlari birinchi marta 1848-yilda Le Charivari jurnalida nashr etilgan. 1849-yilda u La Revue Comique à l’Usage des Gens Sérieuxga asos solgan.[3]

Nadar 1853-yilda karikaturachilikdan fotografiyaga oʻtgan va shu yili ilk fotosuratlaerini olgan. 1854yilda Sent-Lazar koʻchasi 113 da oʻzining shaxsiy fotostudiyasini ochgan.[4] Nadar keng doiradagi shaxslarni suratga oldi: siyosatchilar (Gizot, Prudon), sahna aktyorlari (Sara Bernhardt, Paulus), yozuvchilar (Gyugo, Bodler, Sand, Nerval, Gotier, Dyuma), rassomlar (Korot, Delakrua, Millet) va musiqachilar. (Liszt, Rossini, Offenbax, Verdi, Berlioz).[4] Nadar anʼanaviy dabdabali dekorativ chiroqlardan foydalanishni xohlamagan. U tabiiy kunduzgi yorugʻlikni afzal koʻrgan. 1886-yilda oʻgʻli Pol bilan u birinchi fotoreportajni amalga oshirgan.[5] Bu fotoreportaj Le Journal Illustré nashrida chop etilgan.[4]

Gaspard-Félix Tournachon tomonidan uchirilgan Le Geant shari (Nadar), 1863 yil

1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf boʻldi. Shunday qilib, u oʻzining sharlari bilan havoda suratga tushgan, shuningdek, Parij katakombalarida birinchi boʻlib yer ostida suratga tushgan odam boʻlib, tarixda qoldi.[3] 1867-yilda u havo sayohatiga bagʻishlangan L’Aéronaute nomli birinchi jurnalni nashr etdi.[3]

Umrining oxirlarida Nadar anekdotlar, ham uning fotosuratlari namunalari, shu jumladan taniqli ismlarning koʻplab portretlari bilan toʻldirilgan[6][7] " Quand j'étais photographe " nomli asarini yaratdi va uni ingliz tiliga tarjima qilgan.

Fotogaleriyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „La Mort de Nadar“. l'Aérophile (fransuzcha). 1-aprel 1910-yil. 194-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Jenner, Greg. Dead Famous: An Unexpected History of Celebrity from Bronze Age to Silver Screen (inglizcha). Orion, 19-mart 2020-yil — 213-bet. ISBN 978-0-297-86981-8. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Félix Nadar Gaspard-Félix Tournachon (6 April 1820 – 23 March 1910, France)“. Lambiek Comiclopedia. Qaraldi: 12-noyabr 2019-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Lambiek" defined multiple times with different content
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Archives de France |“ (fransuzcha). www.archivesdefrance.culture.gouv.fr. Qaraldi: 15-oktabr 2015-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "archivesdefrance" defined multiple times with different content
  5. „"Le Journal Illustré" Publishes the First Photo-Interview 9/5/1886“. History of Information. Qaraldi: 12-noyabr 2019-yil.
  6. Adam Begley, „The absurd life of Félix Nadar, French portraitist and human flight advocate“, The Guardian, 23 December 2015.
  7. Begley, Adam. The Great Nadar: The Man Behind the Camera. New York: Tim Duggan Books, 11 July 2017. ISBN 978-1-101-90260-8. 
  翻译: