Kontent qismiga oʻtish

Utilitarizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axloqiy falsafada utilitarizm – bu odamlarning quvonchi va farovonligini oshiradigan harakatlarni tavsiya qiluvchi normativ axloqiy nazariyalar guruhidir. Bu yondashuv, harakat natijasida eng ko‘p baxt va farovonlik keltiradigan amallarni asosiy mezon deb hisoblaydi[1][2]. Boshqacha aytganda, utilitarizm g‘oyalari odamlar uchun eng katta foyda keltiradigan harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Utilitarizmning turli shakllari turlicha tavsiflanishi mumkin bo‘lsa-da, ularning barchasida asosiy g‘oya, naflilikni maksimallashtirishdir. Masalan, utilitarizm asoschisi Jeremy Bentham naflilikni harakat yoki obyektlardan ta’sirlanganlarga lazzat, baxt va yaxshilik keltirish hamda og‘riq va baxtsizlikni oldini olish imkoniyati deb ta’riflagan.

Utilitarizm natijaviylikning bir shakli bo‘lib, unda har qanday harakatning oqibatlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashning yagona mezoni deb hisoblanadi. Biroq, egoizm va altruizm kabi boshqa natijaviylik shakllaridan farqli o‘laroq, utilitarizm insoniyat va barcha his qilish qobiliyatiga ega mavjudotlarning manfaatlarini teng darajada hisobga oladi. Utilitarizm tarafdorlari bir qancha masalalarda bir-biridan turlicha fikrlarni bildirganlar. Masalan, harakatlar ularning kutilayotgan natijalariga qarab tanlanishi kerakmi (harakat utilitarizmi), yoki odamlar foydani maksimal darajada oshiradigan qoidalarga rioya qilishlari kerakmi (qoidaviy utilitarizm) degan savollar bo‘yicha munozaralar mavjud. Shuningdek, umumiy foyda (umumiy utilitarizm) yoki o‘rtacha foyda (o‘rtacha utilitarizm) maksimal darajada oshirilishi kerakmi degan masalada ham kelishmovchiliklar mavjud.

Ushbu nazariyaning ildizlari qadimgi yunon gedonistlari Aristipp va Epikurning baxtni yagona yaxshilik deb hisoblagan qarashlarida, qadimgi xitoylik faylasuf Mo-szining foydani maksimal oshirish va zararni kamaytirishga qaratilgan natijaviylik nazariyasida, hamda oʻrta asr hind faylasufi Shantidevaning asarlarida uchraydi. Zamonaviy utilitarizm anʼanasi Jeremy Bentham bilan boshlangan va keyinchalik John Stuart Mill, Henry Sidgwick, R. M. Hare va Peter Singer kabi faylasuflar tomonidan davom ettirilgan. Ushbu tushuncha ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy yondashuvlarda, adolat masalalarida, global qashshoqlik muammosida, oziq-ovqat uchun hayvonlarni yetishtirishning axloqiy tomonlarida va insoniyatga xavf soluvchi mavjud tahlikalarning oldini olish masalalarida foydalaniladi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeremy Bentham tomonidan asos solingan utilitar falsafa, yaʼni „Bentamizm“, uning izdoshi John Stuart Mill tomonidan o‘zgartirilib, rivojlantirildi. Mill, shuningdek, „utilitarizm“ atamasini keng ommaga tanitgan[3]. 1861-yilda Mill oʻz qaydlarida shunday degan edi: Jeremy Bentham „utilitar“ so‘zini birinchi bo‘lib ishlatgan deb hisoblagan, lekin bu so‘zni o‘zi o‘ylab topmagan. Bentham bu atamani John Galtning 1821-yilda yozilgan „Annals of the Parish“ nomli romanida tasodifan uchragan iboradan olgan[4]. Biroq, Mill Jeremy Benthamning „utilitar“ atamasini 1781-yilda George Wilsonga yozgan maktubida va 1802-yilda Étienne Dumontga yozgan maktubida ishlatganini bilmas edi[3].

Modernizmgacha bo‘lgan nazariyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtni inson hayotining asosiy maqsadi sifatida ko‘rish qadimdan muhokama qilib kelinadi. Qadimgi yunon faylasuflari Aristipp va Epikur baxtga erishishni asosiy tamoyil deb hisoblovchi gedonizm tushunchasining shakllarini ilgari surgan. Aristotel] esa evdemoniyani insoniyat uchun eng oliy yaxshilik deb taʼriflagan. Avgustin barcha odamlar oxirgi maqsadni, yaʼni baxtni xohlaydi deb yozgan. Harakatlarni uning oqibatlariga qarab baholash g‘oyasi qadimgi dunyoda ham mavjud bo‘lgan. Natijaviylik nazariyalari birinchi bo‘lib qadimgi xitoylik faylasuf Mo-szi tomonidan ishlab chiqilgan. Mo-szi foydani maksimal darajada oshirish va zararni yo‘q qilishga qaratilgan tizimni taklif qilgan[5]. Moizm natijaviylik jamiyat uchun ahamiyatli bo'lgan axloqiy qadriyatlarni, jumladan siyosiy barqarorlikni, aholi sonining o‘sishini va boylikni qo‘llab-quvvatlagan, ammo individual baxtni maksimal darajada oshirishni maqsad qiluvchi utilitarizm tushunchasini qo‘llab-quvvatlamagan[6].

Utilitarizm g‘oyalari o‘rta asr faylasuflarining asarlarida ham uchraydi. VIII asrda yashagan hind faylasufi Shantideva shunday deb yozgan: „Biz barcha tirik mavjudotlarning hozirgi va kelajakdagi og‘riq va azoblarini to‘xtatishimiz hamda qulay va baxtli hayotini taʼminlashimiz kerak[7].“ O‘rta asrlarda Yevropada Foma Akvinskiy baxtni o‘zining „Summa Teologica“ asarida chuqur o‘rgangan[8][9][10][11][12]. Uyg‘onish davrida esa natijaviylik g‘oyalari Niccolò Machiavellining siyosiy falsafaga oid asarlarida uchraydi.

Utilitarizm alohida axloqiy qarash sifatida faqatgina 18-asrga kelib shakllandi. Garchi, u Jeremy Bentham bilan boshlangan deb hisoblangan bo‘lsa-da, undan oldin ham utilitarizmga o‘xshash nazariyalarni ilgari surgan mualliflar bo‘lgan.

Francis Hutcheson

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Francis Hutcheson 1725-yilda yozilgan o'zining „An Inquiry into the Original of Our Ideas of Beauty and Virtue“ asarida utilitarizmning muhim tamoyillaridan birini taqdim etadi. Unga ko‘ra, eng axloqiy harakatni tanlashda, harakatning axloqiy qiymati u keltiradigan baxtdan foyda ko‘radigan odamlar soniga mutanosib bo‘ladi[13]. Xuddi shunday, axloqiy buzuqlik yoki yomon illatning darajasi azob-uqubat yetkazilgan odamlar soniga bog‘liqdir. Eng yaxshi harakat — bu odamlar uchun eng katta baxt keltiradigan harakat, eng yomoni esa eng ko‘p azob-uqubatlarga sabab bo‘ladigan harakatdir. Kitobning dastlabki uchta nashrida Hutcheson „har qanday harakatning axloqiylik darajasini hisoblash“ uchun turli matematik algoritmlar keltirib o‘tgan. Shu tariqa, Hutcheson Benthamning felitsifik hisoblash tizimi asoslarini oldindan shakllantirgan.

Ba'zilar John Gay utilitar axloqning birinchi tizimli nazariyasini ishlab chiqqan deb hisoblaydi[14]. 1731-yilda yozilgan „Concerning the Fundamental Principle of Virtue or Morality“ asarida Gay quyidagicha taʼkidlaydi[15]:

happiness, private happiness, is the proper or ultimate end of all our actions... each particular action may be said to have its proper and peculiar end…(but)…they still tend or ought to tend to something farther; as is evident from hence, viz. that a man may ask and expect a reason why either of them are pursued: now to ask the reason of any action or pursuit, is only to enquire into the end of it: but to expect a reason, i.e. an end, to be assigned for an ultimate end, is absurd. To ask why I pursue happiness, will admit of no other answer than an explanation of the terms.

Baxtga intilish esa ushbu g‘oyaga ilohiy asos bilan izohlanadi[16]:

Now it is evident from the nature of God, viz. his being infinitely happy in himself from all eternity, and from his goodness manifested in his works, that he could have no other design in creating mankind than their happiness; and therefore he wills their happiness; therefore the means of their happiness: therefore that my behaviour, as far as it may be a means of the happiness of mankind, should be such...thus the will of God is the immediate criterion of Virtue, and the happiness of mankind the criterion of the will of God; and therefore the happiness of mankind may be said to be the criterion of virtue, but once removed…(and)…I am to do whatever lies in my power towards promoting the happiness of mankind.

  1. Duignan, Brian. [1999] 2000. "Utilitarianism" (revised). Encyclopædia Britannica. Retrieved 5 July 2020.
  2. „Utilitarianism“ (en-US). Ethics Unwrapped. Austin, TX: McCombs School of Business. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
  3. 3,0 3,1 Habibi, Don „Mill's Moral Philosophy“, . John Stuart Mill and the Ethic of Human Growth. Dordrecht: Springer Netherlands, 2001 — 89–90, 112-bet. DOI:10.1007/978-94-017-2010-6_3. ISBN 978-90-481-5668-9. 
  4. Mill, John Stuart. 1861. Utilitarianism. n1.
  5. Fraser, Chris. The Philosophy of the Mòzĭ: The First Consequentialists. Columbia University Press, 2016 — 138-bet. ISBN 978-0-23-152059-1. 
  6. Fraser, Chris. The Oxford Handbook of World Philosophy. Oxford University Press, 2011 — 62-bet. ISBN 978-0-19-532899-8. 
  7. Goodman, Charles. 2016. "Śāntideva", Stanford Encyclopedia of Philosophy. Retrieved 31 August 2020.
  8. „SUMMA THEOLOGICA: Man's last end (Prima Secundae Partis, Q. 1)“. newadvent.org.
  9. „SUMMA THEOLOGICA: Things in which man's happiness consists (Prima Secundae Partis, Q. 2)“. newadvent.org.
  10. „SUMMA THtheEOLOGICA: What is happiness (Prima Secundae Partis, Q. 3)“. newadvent.org.
  11. „SUMMA THEOLOGICA: Things that are required for happiness (Prima Secundae Partis, Q. 4)“. newadvent.org.
  12. „SUMMA THEOLOGICA: The attainment of happiness (Prima Secundae Partis, Q. 5)“. newadvent.org.
  13. Hutcheson, Francis „The Original of Our Ideas of Beauty and Virtue“, . Moral Philosophy from Montaigne to Kant. Cambridge University Press, 2002 — 515-bet. ISBN 978-0-521-00304-9. 
  14. Ashcraft, Richard (1991) John Locke: Critical Assessments (Critical assessments of leading political philosophers), Routledge, p. 691
  15. Gay, John „Concerning the Fundamental Principle of Virtue or Morality“, . Moral Philosophy from Montaigne to Kant. Cambridge University Press, 2002 — 408-bet. ISBN 978-0-521-00304-9. 
  16. Gay, John „Concerning the Fundamental Principle of Virtue or Morality“, . Moral Philosophy from Montaigne to Kant. Cambridge University Press, 2002 — 404–05-bet. ISBN 978-0-521-00304-9. 
  翻译: