Kontent qismiga oʻtish

Xaryana

Koordinatalari: 30.73°0′0″N 76.78°0′0″E / 30.73000°N 76.78000°E / 30.73000; 76.78000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xaryana
hindcha: हरयाणा
panjobcha: ਹਰਿਆਣਾ
inglizcha: Haryana

Gerb
Gerb
Shtat
Maʼmuriy markazi Chandigarh shahri
Yirik shahari Faridobod
Boshqa yirik shaharlari Gurgaon, Ambala
Gubernator Jagannatx Paxadia
Bosh vazir Bxupinder Singx Xooda
Rasmiy tillar Hind tili, panjob tili
Aholi (2011) 25 353 081
Zichligi 573,44 kishi./km²
Maydoni 44 212 km² (20-oʻrin)
Vaqt mintaqasi +5:30
Qisqacha IN-HR
Kod ISO 3166-2 IN-HR
Rasmiy sayti http://haryana.gov.in/
Xaritada
Xaryana xaritada
30.73°0′0″N 76.78°0′0″E / 30.73000°N 76.78000°E / 30.73000; 76.78000

Xaryana (hindcha: हरयाणा, panjobcha: ਹਰਿਆਣਾ, inglizcha: Haryana) – Hindiston shtati, Hindgang tekisligida joylashgan. Maydoni 44,2 ming km². Aholisi 21 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi – Chandigarh shahri. Shtat 1966-yilda Panjob shtatining boʻlinishidan tashkil etilgan. Shuning uchun landshafti, xoʻjaligi, rivojlanish darajasi va ixtisoslashuviga koʻra Panjob shtatiga yaqin. Biroq aholisining aksari qismi hind tilida soʻzlashadi va hinduizm diniga eʼtiqod qiladi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqdim. Yillik yogʻin 400 mm gacha. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Asosan, donli ekinlar, paxta, shakarqamish va kartoshka ekiladi. Sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kichikroq taxta tilish, qogʻoz fabrikalari, shakarqand va kraxmal zavodlari, oyna sanoati korxonalari bor. Aniq va jarroxlik, optik asboblar ishlab chiqariladi. Yengil va aniq mashinasozlik, velosiped, traktor zavodlari va neftkimyo kompleksi ishlab turibdi. Elektr stansiyalar quvvati 3 mln. kVt (2002).




  翻译: