Kontent qismiga oʻtish

Jeksonvill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jeksonvill - AQShning jan.sharqidagi shahar. Aholisi 735,6 ming kishi (2000). Florida shtatining shim.sharqiy qismining iqtisodiy markazi. Dengiz porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t), muhim temir yoʻl va shosse yoʻllar tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Q. x. mahsulotlari (tamaki, yer yongʻoq va mevalar) yetishtiriladigan va oʻrmonchilik rayonining savdo markazi. Qora metallurgiya, metallsozlik sanoati rivojlangan. Sellyuloza-qogʻoz, yogʻochsozlik, poligrafiya, kimyo, oynashisha, oziq-ovqat, tamaki, ke-masozlik va kema remonti korxonalari, universitet bor. Shaharga 1822 yilda asos solingan. AQShning harbiy-dengiz bazasi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  翻译: