Kontent qismiga oʻtish

Northumberland

Koordinatalari: 55°10′0″N 2°0′0″W / 55.16667°N 2.00000°W / 55.16667; -2.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nortamberlend
inglizcha: Northumberland

Bayroq
Bayroq
Rasmiy okrug
Tegishli Angliya qirolligi
Tarkibida Buyuk Britaniya
Maʼmuriy markazi Morpeth
Asos solingan sanasi XII asr
Lord-Leytenant Jane Percy, Northumberland gertsoginyasi
Oliy Sheriff Polkovnik James Royds
Rasmiy tillar inglizcha
Aholi (2021-yil) 320,274 (48 dan 44-o'rin-oʻrin)
Zichligi 64 kishi./km²
Maydoni 5,013 km²
Vaqt mintaqasi GMT-0
Kod ISO 3166-2 GB-NBL
Xaritada
Nortamberlend xaritada
55°10′0″N 2°0′0″W / 55.16667°N 2.00000°W / 55.16667; -2.00000

Northumberland (oʻzb: Nortamberlend) Angliya shimoli-sharqida, Angliya va Shotlandiya chegarasidagi rasmiy okrug[1]. Okrug shimolda Shotlandiya, sharqda Shimoliy dengiz, Janubda Tyn-and-Wear hamda Durham okruglari, gʻarbda esa Cumbria okrugi bilan chegaradosh. Okrugdagi eng yirik aholi punkti – Blyth shaharchasi.

Okrug hududi 5,013 km2 va aholisi 320,274 kishi boʻlib, bu koʻrsatkichlari bilan Northumberland Angliyadagi aholi eng siyrak yashovchi okrug hisoblanadi. Janubi-sharqda eng yirik shaharlar toʻplangan boʻlib, ular: Blyth (37,339), Cramlington (27,683), Ashington (27,670) va Morpeth (14,304). Okrugning qolgan qismi qishloq hududlaridan iborat boʻlib, shimoldagi eng yirik aholi punkti Brewick-upon-Tweed (12,043) va gʻarbda Hexham (13,097) shaharchalaridir.

Northumberland gʻarbida Cheviot hamda Shimoliy Pennines tepaliklari joylashgan. Sharqda esa qirgʻoqqa yaqinlashgan sari yer yassilasha boradi. Cheviot choʻqqisi (815 metr) okrugdagi eng baland nuqtadir. Shimoliy Tyne va Janubiy Tyne daryolari manbalari okrugda joylashgan. Hexham yaqinida ushbu ikki daryo Tyne daryosiga birlashadi. Northumberland’dagi boshqa yirik daryolar, janubdan shimolga qarab: Blyth, Coquet, Aln, Wansbeck va Tweed. Tweed daryosi Shotlandiya bilan chegaraning bir qismini tashkil qiladi. Okrugda Northumberland Milliy Bogʻi va ikki milliy ahamiyatga ega tabiat manzaralari: Northumberland qirgʻogi va Shimoliy Pennines tepaliklari mavjud.

Okrug tarixi uning chegarada joylashgani bilan chambarchas bogʻliqdir. Rimliklar davrida okrugning asosiy qismi Adrian devoridan shimolda joylashgan boʻlib, Yangi davrda okrug Angliya va Shotlandiya orasidagi talash hududga aylandi va bu hududda koʻplab qal’alar, mudofaa binolari va boshqalar qurilishiga sabab boʻldi. Northumberland okrugi shuningdek kelt xristianligi va Lindisfarne oroli bilan ham tanilgan. Sanoat inqilobi davrida hududda koʻmir konlari, kemasozlik va qurolsozlik zavodlari qurilgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

'Northumberland' nomi Anglo-sakson solnomasida norð hẏmbra land deb qayd etilgan boʻlib, „Humberdan shimoldagi hudud“ maʼnosini anglatadi. Northumbria qirolligining nomi esa eski ingliz tilidagi Norþan-hymbre soʻzidan olingan boʻlib, „Humberdan shimoldagi xalq yoki hudud“ maʼnosini anglatadi.

Okrug maqomidan oldin

Hudud uzoq davr mobaynida Angliya chegarasida joylashgan va hozir ham hudud Angliya va Shotlandiya chegarasining bir qismini tashkil qiladi. Rimliklar davrida okrugning asosiy qismi Adrian devoridan shimolda joylashgan. Qisqa muddatga rimliklar shimoliy chegarani Antonin devorigacha uzaytirishgan va hudud ustidan toʻla nazorat oʻrnatishgan.

  翻译: