Kontent qismiga oʻtish

Zakarpatye viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zakarpatye viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1946-yil 22 yanvarda (Zakarpatye Ukrainasi Ukrainaga qoʻshilgandan soʻng) tashkil etilgan. Maydon 12,8 ming km2. Aholisi 1288,6 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, venger, rus, rumin, slovaklar ham yashaydi. Markazi — Ujgorod shahri. Zakarpatye viloyati Sharqiy Karpat togʻlarida va Oʻrta Dunay tekisligida joylashgan. Viloyat hududining 80% togʻ (eng baland joyi Goverla togʻi, 2061 m). Foydali qazilmalari: toshtuz, qurilish materiallari, qoʻngʻir koʻmir, temir va simob rudalari. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi pasttekislikda −2°, −3°, togʻlarda — 5°, −9°; iyulniki pasttekislikda 19°-20°, toglarda 6°. Yiliga pasttekislikda 600 — 700 mm, toglarda 1000-1400 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 90-230 kun. Asosiy daryosi Tisa. Mineral buloqlar bor. Tuproqlari pasttekisliklarda chimli va allyuvial, togʻ etaklarida qoʻngʻirpodzol, toglarda qoʻngʻir togʻoʻrmon, chimli qoʻngʻir va chimli togʻoʻtloqi hamda torfsimon tuproqlar. Viloyat hududining 50%i oʻrmon, asosan, qoraqayin, qoraqaragʻay, eman, oq qaragʻay, grab usadi. Oʻrmonlarda oʻrmon mushugi, silovsin, boʻri, tulki, qoʻngʻir ayiq, yovvoyi toʻngʻiz, yevropa yeligi, asl bugʻu, suvsar, tiyin, malla quyon yashaydi. Zakarpatye viloyati Ukrainaning kurort va turistik rnlaridan biri.[1]

Oziqovqat sanoatida vinochilik, mevakonserva, goʻsht, moysir va sut, un, moyyogʻ va boshqalar tarmoqlar mavjud. Mineral suv qadoqlanadi. Oʻrmon kimyosi, yogʻochsozlik, mebelsozlik, karton ishlab chiqarish korxonalari bor. Yengil sanoat tarmoklaridan koʻnchilik, poyabzal, tikuvchilik, trikotaj korxonalari mavjud. Mashinasozlik, metallsozlik, asosan, stanoksozlik, priborsozlik rivojlangan. Plastmassa sanitariyatexnika buyumlari, guldor sopol buyumlar, gʻishtcherepitsa ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan, qoʻychilik, bogʻdorchilik, tokchilik, gʻallakorlik bilan shugʻullaniladi. Pichanzor, yaylovlar bor. Gʻalla ekinlari, texnika ekinlari (asosan, tamaki, kungaboqar) kartoshka, sabzavot, yemxashak ekinlari ekiladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Asosiy temir yoʻl liniyalari: Chop — Ujgorod — Ujok — Lvov, Chop — Solotvina. Asosiy avtomobil yoʻllari: Ujgorod — Mukachevo — Xust — Tyachev — Raxov — IvanoFrankovsk va boshqalar. Ujgorod universiteti, jamoat kutubxonalar, 3 muzey, musiqali drama teatri, filarmoniya, 800 ga yaqin klub, Polyana va Sinyak balneologik kurortlar, Ujgorodda aeroport bor.[1]

  1. 1,0 1,1 "Zakarpatye viloyati" OʻzME. Z-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  翻译: